Yangilanayotgan Konstitutsiya – xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladi

25.03.2023, 14:22

Yangilanayotgan Konstitutsiya – xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladi

O’zLiDeP Navoiy viloyati hududiy partiya tashkiloti tashabbusi bilan tibbiyot va farmatsevtika xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazi hodimlari va tinglovchilari ishtirokida “Yangilanayotgan Konstitutsiya – xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladi” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.  

Tadbirda O’zLiDeP Navoiy viloyati hududiy partiya tashkiloti apparat rahbari M.Eshniyozov Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va mazmun-mohiyatini sodda, xalqchil tushuntirib berdi.

Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda inson erki, qadr-qimmati asos qilib olindi. Jumladan, aholi kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanishi ham loyihaga kiritilgan. Umuman, loyihada aholi salomatligini asrash bilan bog‘liq normalar 4 barobar ko‘paytirilmoqda. Bu aholi sog‘lig‘ini ishonchli muhofaza etish hamda onalar va bolalar o‘limi, yuqumli kasalliklar tahdidini bartaraf etishda juda muhim ahamiyatga egadir.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutuvchi qoidalar yanada takomillashtirildi. Xususan, davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy sohalar ob’ektlari va xizmatlaridan to‘laqonli foydalanishi uchun shart-sharoit yaratishi, ularning ishga joylashishiga, ta’lim olishiga ko‘maklashishi, zarur axborotni to‘sqinliksiz olish imkoniyatini ta’minlashi mustahkamlandi.

Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga mutasaddilar tegishli javoblar berishdi.

Tadbirda soha egalari Bosh qomusimizga kiritilayotgan bunday  me’yorlardan minnatdor ekanliklarini bildirib, bo‘lajak referendumda faol ishtirok etishlarini bildirdilar.

O’zLiDeP Navoiy viloyati kengashi

matbuot xizmati

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    344
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+