Yangilanayotgan Konstitutsiya uy-joy huquqini kafolatlaydi
30.03.2023, 12:07
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligida yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tashviqotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va viloyat, tuman kengashlari deputatlari, O‘zLiDeP faollari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, nuroniylar qatnashdi.
Tadbirda so‘z olgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Vahobjon Murodqobilov yangi tahrirdagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati, yangi normalarning jamiyatimiz, shu jumladan, har bir insonga qay darajada muhimligi haqida atroflicha tushuntirib o‘tdi.
Xususan, har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega. Hech kim sudning qarorisiz va qonunga nomuvofiq holda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi. Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi. Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.
Tadbirda so‘z olganlar barchani yangi O’zbekiston taraqqiyoti uchun birlashishga, buning uchun esa referendumda faol qatnashishga chaqirdi.
Po‘lat Ergashev,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
deputati yordamchisi
O'xshash yangiliklar
-
Davlat dasturidan kelib chiqadigan partiya va fraksiya oldidagi vazifalar muhokama qilindi
26.02.2024, 21:34
-
Deputat maktab kutubxonasiga 100 dan ortiq badiiy asarlar va adabiyotlar tuhfa qildi
14.02.2024, 17:25
-
Muhim va ustuvor vazifalar belgilab olindi
31.01.2024, 17:53
-
“Ayollar daftari” bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmi yaratiladi
30.01.2024, 12:29
-
Deputat jarqo‘rg‘onlik tadbirkorlar muammosini o‘rgandi
30.01.2024, 10:11
Fikringizni qoldiring