Xalq va jamiyat – o‘zgarish va islohotlar tashabbuskori

04.04.2023, 16:34

Xalq va jamiyat – o‘zgarish va islohotlar tashabbuskori

O‘zLiDeP Navoiy shahar bo‘limi tashabbusi bilan O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlarining Navoiy filiallarida “Xalq va jamiyat – o‘zgarish va islohotlar tashabbuskori!” mavzusida tashviqot uchrashuvlari o‘tkazildi.

Mahalliy kengash deputati, partiya viloyat hududiy tashkiloti raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, texnika fanlari doktori Sh. Nosirova  Bosh qomusimizning yangi tahrirdagisiga zarurat tug‘dirgan omillar, yangi normalarning va ularning ahamiyati haqida atroflicha so‘zladi.

- Konstitutsiya o‘zi nima? Konstitutsiya – davlatning Asosiy qonuni bo‘lib, shaxs, jamiyat va davlatning o‘zaro munosabatlarini tartibga soladi, – dedi “Zarafshon golden group” MChJ   mehnat resurslari bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori A. Ro‘ziqulov. – Har qanday me’yoriy-huquqiy hujjat qonun, farmon, qaror yoki boshqa bo‘ladimi avvalambor Konstitutsiyaga asoslanadi.

Asosiy qonunimiz zamondan orqada qolib ketmasagina, u shiddat bilan olib borilayotgan islohotlarimizning Bosh huquqiy asosi bo‘lib xizmat qila oladi, tinch va osuda hayotimizning kafolati bo‘la oladi!

O‘zLiDeP Navoiy viloyat kengashi

matbuot xizmati

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    184
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+