O‘zLiDeP vakillari yurtdoshlarimizni erkimiz kafolati uchun ovoz berishga chaqirdi

07.04.2023, 15:53

O‘zLiDeP vakillari yurtdoshlarimizni erkimiz kafolati uchun ovoz berishga chaqirdi

Yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasi bugun viloyatimizning har go‘shasida bo‘y ko‘rsatmoqda. Yurtboshimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan yangilanishlarga barcha soha vakillari munosib hissa qo‘shayotir.

Marhamat tumanidagi “Buyuk maskan” so‘lim dam olish maskanida ochiq osmon ostida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmu-mohiyatiga bag‘ishlangan yirik targ‘ibot tadbiri  1 400 nafar ishtirokchini qamrab oldi.

Tadbirda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov, parlamet quyi palatasi va mahalliy kengash deputatlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Partiya lideri tadbirni ochib berar ekan, Yangi O’zbekistonni barpo etishdek oliy maqsad sari qo‘yilgan qadamlar albatta asosiy qonunimizni yangilash zarurligini taqozo etgani va yangi tahrirdagi hujjatda O’zbekiston ijtimoiy davlat degan g‘oya asosiy mezon qilib olinganini ta’kidladi. Konstitutsiyamizni qayta ishlab chiqishda bevosita xalqning takliflari, xohish-istaklari e’tiborga olingani, hujjat referendumga qo‘yish orqali qabul qilinishini aytdi.

- Yangilanayotgan Bosh qomusimizda pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy yordamlar miqdori eng kam iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lishi mumkin emasligi belgilanmoqda, – dedi Nuroniylar jamoatchilik kengashining raisi O’ktam Oxunov. – Bu yangiliklar otaxon-onaxonlarimizga e’tibor va g‘amxo‘rlik miqyosini yanada kengaytiradi, ularning hayotdan rozi bo‘lib yashashini ta’minlaydi. Shu bois barchangizni  30 aprel kuni o‘tkaziladigan referendumda faol ishtirok etishga chaqiraman.

  • Ko'rildi
    189
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+