Yangilanayotgan Konstitutsiyamizning ahamiyati haqida fuqarolarimizga tushuntirishlar berildi

07.04.2023, 16:35

Yangilanayotgan Konstitutsiyamizning ahamiyati haqida fuqarolarimizga tushuntirishlar berildi

O’zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi “Insonga farovonlik, jamiyatga erkinlik, davlatga mas’uliyat!” shiori ostida Xatirchi tumanidagi Amir Temur nomli istirohat bog‘ida tashviqot tadbirini tashkil qildi.

Tadbirda viloyat va tuman Kengashi deputatlari, Yoshlar parlamenti a’zolari O’zLiDePning faol yoshlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqan partiya faollari hamda deputatlar yangilanayotgan Konstitutsiyamizning ahamiyati haqida yig‘ilganlarga keng tushuntirishlar berdi. Jumladan, Yangilangan Konstitutsiyamiz loyihasida yerni qonunga muvofiq xususiylashtirish mumkinligi belgilanishi tadbirkorlarimiz uzoq kutgan tarixiy adolatni yuzaga chiqaradi, kafolatni yuqori darajada mustahkamlaydi. Bu ishbilarmonlar ixtiyoridagi yerning bozor qiymati shakllanishiga, yer kapitalga aylanishi va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Ta’kidlash joizki, qishloq xo‘jaligi, yerdan foydalanish sohasida davlat rahbari tashabbusi bilan katta islohotlar amalga oshirildi va bu jarayon izchil davom etmoqda. Qishloq xo‘jaligi yerlari faqatgina ijaraga berilishi va xalqimizning oziq-ovqat mahsulotlariga o‘sib borayotgan ehtiyojini qondiruvchi asosiy manba bo‘lib qolishi qonunlarimizda mustahkamlanyapti.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirda poytaxtdan tashrif buyurgan xushovoz xonandalar tomonidan ijro etilgan Vatan, tinchlikni madh etuvchi qo‘shiqlar, ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi.

Tadbir yakunida deputatlar, partiya faollari barcha tadbir ishtirokchilarini  30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.

O'zLiDeP Navoiy viloyat kengashi

matbuot xizmati

 

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    242
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+