Nurli kelajak uchun ovoz beramiz!

10.04.2023, 12:51

Nurli kelajak uchun ovoz beramiz!

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyati va Yakkabog‘ tuman kengashlari tomonidan “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostida tumaning so‘lim maskanlaridan biri bo‘lgan Ulug‘bek oromgohida  Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartirishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan referendum targ‘iboti yuzasidan event tadbir tashkil etildi.

Partiya faollari, yoshlar va xotin-qizlar ishtirok etgan anjumanda so‘zga chiqqanlar Yangilanayotgan Bosh Qomusimizning muhim jihatlariga to‘xtalib, fuqaro daxlsizligi, ta’lim sohasidagi yangiliklar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi imkoniyatlar, tibbiyotni isloh qilish, inson haq-huquqlarini himoyalash borasidagi o‘zgartirishlar haqida batafsil to‘xtaldilar.

-O’tgan olti yil men hayotimda ulkan sinov va muvaffaqiyatlar yili bo‘ldi, - deydi “Sitora imkon plyus” nodavlat muassasi rahbari, tuman kengashi deputati  Nargiza Salomova. –  Tadbirkorlik tufayli el-yurtga tanildim,  xalqimizning farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlarga munosib hissa qo‘shdim. Qator ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, ikki bor zamonaviy avtomobil bilan taqdirlandim. Yangilayotgan Konstitutsiyamiz uchun, xalqimizning baxti saodati, nurli kelajagi uchun ovoz beraman va barchangizga bo‘lajak referendumda faol ishtirok etishga chaqiraman.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

Matbuot xizmati.

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    437
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+