Yangilanayotgan Konstitutsiya aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi

18.04.2023, 16:35

Yangilanayotgan Konstitutsiya aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi

Yangilanayotgan Konstitutsiyamizdagi o‘zgarishlarni aholiga tushuntirish, referendumda faol ishtirok etishga chaqirish maqsadida o‘tkazilayotgan navbatdagi event tadbiri Boysun tumanidagi Yoshlar istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Botir Mardayev, Hazratqul Xo‘jamqulov hamda O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi raisi Alisher Ro‘ziyevlar ishtirok etib, o‘zgarishlarning hayotimizda tutgan o‘rni haqida so‘z yuritishdi.

Ta’kidlandiki, bugun mamlakatimiz har jihatdan katta davlatga aylanmoqda. Aholimiz 2040 yilga borib 50 millionga yetadi, jamiyatning yarmidan ko‘pini yoshlar tashkil qiladi. Ularga munosib hayot sharoiti yaratish uchun esa barqaror iqtisodiyot, xavfsiz davlat, samarali boshqaruv, ijtimoiy kafolatlar bo‘lishi lozim.

Bular va boshqa ko‘pdan-ko‘p muammolar yechimi mustahkam huquqiy poydevorni –O’zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasini taqozo etadi. Aynan shuning uchun ham yurtimizda Konstitutsiyaviy islohotlar olib borilmoqda.

Misol uchun Asosiy qonunda har kimning uy-joyli bo‘lish huquqi belgilanmoqda. Ushbu normaning amal qilishi har bir fuqaro, jumladan, yosh oilalarning o‘z boshpanasiga ega bo‘lishini ta’minlab, kishilarning hayotdan rozilik darajasini oshiradi. O’tgan yili mamlakatimizda 50ming oila uchun yangi kvartiralarolishga sharoit yaratib berilgan bo‘lsa, bu yil 90ming oilani uy-joyli qilish marrasi olingan. Yaqin 2-3yildaesa bu raqamni 200 mingga yetkazish ustida ishlanmoqda.

Bundan tashqari, hech kim sudning qarorisiz va qonunga nomuvofiq holda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda (bozor qiymatida) qoplanishi ta’minlanishi kafolatlanmoqda.

Shular haqida so‘z borar ekan, bu o‘zgarishlar bizga ko‘proq erkinlik va huquqlarga ega bo‘lishimizga imkon yaratishi ta’kidlandi.

Tumandagi tashkilot rahbarlari, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda folklor ansambl jamoalari, xushovoz san’atkorlarning chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    187
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+