Farzandlaringizning yorqin kelajagi uchun ovoz bering

20.04.2023, 14:29

Farzandlaringizning yorqin kelajagi uchun ovoz bering

Xiva tumanidagi 17-maktabda  “Farzandlaringizning yorqin kelajagi uchun ovoz bering” shiori ostida uchrashuv o‘tkazildi.

Sayot qishlog‘i Chinobod mahalla ahli bilan bo‘lgan mazkur muloqotda  O‘zLiDeP Xorazm viloyat  kengashi raisi I. Fayzullayev Yangi O’zbekistonni barpo etishdek oliy maqsad sari qo‘yilgan qadamlar albatta asosiy qonunimizni yangilash zarurligini taqozo etganini ta’kidladi. Konstitutsiyamizni qayta ishlab chiqishda bevosita xalqning taklif, xohish-istaklari e’tiborga olinganini aytdi.

Yangi tahrirdagi hujjatda har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli ekani belgilanyapti. Ushbu qoidaning mohiyati shundaki, fuqarolar buzilgan huquq va erkinliklarini o‘zgalar huquqlarini buzmagan holda mustaqil himoya qilish huquqiga ega. Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha davlat o‘ziga qator majburiyatlarni olmoqda. Aholining barcha toifalari, xususan, ayol va erkaklar, bolalar, yoshlar, nuroniylar, chet eldagi vatandoshlarimiz, hatto mahkumlarning huquq va manfaatlari ham e’tiborga olinmoqda.

Tadbir erkin muloqot tarzida, savol-javoblarga boy, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Mahalla ahli o‘zlarini qiziqtirgan savollariga partiya vakillaridan atroflicha javob olishdi.

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    262
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+