Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga yuksak hurmat ko‘rsatilmoqda

08.05.2023, 15:32

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga yuksak hurmat ko‘rsatilmoqda

Har yili mamlakatimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Bu yilgi bayram ham ko‘tarinki ruhda tashkil qilinmoqda. Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, bugun ham safimizda turib, Vatanimizning obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlash hamda ular holidan xabar olish maqsadida turli uchrashuvlar tashkil qilinyapti.

O'zLiDeP Kattaqo‘rg‘on tuman kengashi deputatlari, Kattaqo‘rg‘on garnizoni harbiy xizmatchilari va yoshlar ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Rahmat bobo Qobulov va Raim bobo Yusupovlar xonadonida bo‘lib, holidan xabar olishdi.

Otaxonlar ko‘rsatilayotgan hurmat-e’tibor uchun davlatimiz, Yurtboshimiz haqqiga duo qilib, yoshlarimiz dorilamon kunlarning qadriga yetish lozimligini takror-takror qayd etdilar.

Yazdon Toshonov,

O'zLiDeP Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi

raisining birinchi o‘rinbosari

  • Ko'rildi
    192
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+