Ko‘rik-tanlovning Guliston tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi
27.07.2023, 12:38
Bir necha yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Guliston tuman bosqichi ham yuqori darajada tashkil qilindi.
Tanlovda tumandagi 10 ga yaqin tadbirkor, fermer va hunarmand xotin-qizlarimiz o‘zlarining ko‘rgazma mahsulotlari bilan ishtirok etishdi. Hakamlar hay’ati a’zolari ishbilarmon xotin-qizlarning ko‘rgazma mahsulotlari, ularning faoliyati, muvaffaqiyat va kamchiliklari, kelgusi rejalari bilan yaqindan tanishdi.
Tanlov davomida Hakamlar hay’ati a’zolari ishbilarmon xotin-qizlarning ish faoliyati, kelgusi reja va maqsadlari bilan yaqindan tanishib, muloqot qilar ekan, ularning faoliyatiga xolisona va nizom asosida odilona baholandilar.
Tanlov yakunida esa 1-o‘rin Hilola Igamberdiyevaga nasib etdi. U munchoqlardan turli xil sumkachalar, paxta iplaridan ayol va erkaklarga oyoq kiyimlari ishlab chiqaradi. 2-o‘rin Mahbuba Abdullayeva nasib etdi. U tumandagi eng iqtidorli ayollar sartaroshi, shu kungacha 20 dan ortiq shogirdlar tayyorlab chiqargan. 3-o‘ringa Gulnora Gulomsaliyeva mohir gilam to‘qish ustasi, o‘z ishlari bilan halqaro tadbirlarda faol ishtirok etib, bir qancha tashakkurnoma va fahriy o‘rinlar egasi hisoblanadi.
Shuningdek tadbirda faol ishtirok etgan tadbirkorlarimiz partiyamiz va hamkorlarimiz tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
O'zLiDeP Sirdaryo viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Qashqadaryoda “O‘zLiDeP bog‘i” yaratildi
30.04.2024, 15:47
-
Tanlovning Urganch shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi
28.07.2023, 15:55
-
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti o‘z lavozimiga kirishdi
14.07.2023, 14:53
-
MDH Parlamentlararo assambleyasi kuzatuvchilari bilan uchrashuv
07.07.2023, 20:42
-
Tadbirkorlarga sanoat ipotekasi tizimi to‘liq yo‘lga qo‘yiladi
06.07.2023, 12:21
Fikringizni qoldiring