Ochiq muloqot tadbirkorlarga yangi loyihalarni amalga oshirishga kuch va g‘ayrat bag‘ishladi

25.08.2023, 16:29

Ochiq muloqot tadbirkorlarga yangi loyihalarni amalga oshirishga kuch va g‘ayrat bag‘ishladi

Tadbirkorlar kuni” munosabati bilan jizzaxlik tadbirkor – Akmald Axmedov “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Bu tadbirkorning so‘nggi yillarda turli jabhalarda olib borgan faoliyatining munosib e’tirofi, desak yanglishmaymiz.

 Akmal Ahmedov rahbarlik qilayotgan “"EUROAZIYA MOTORS" MChJ nafaqat xaridorlarga avtomobil yetkazib berish bilan, balki quruvchilik, baliqchilik, issiqxona yo‘nalishida ham faoliyat olib boradi. Qolaversa, Akmal Axmedov xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, tumandagi “Qatortol” mahalla fuqarolari yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi hisoblanadi.

Ayni paytda Akmal Axmedov rahbarlik qilayotgan jamiyatda 65 kishi doimiy 200 nafar kishi mavsumiy ish bilan ta’minlangan. Yosh tadbirkor mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyatini boshlaganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa-da, yirik-yirik loyihalarning bunyod etilishida qatnashib, el nazariga tushgan. Ulardan biri - Jizzax shahri Sangzorko‘l hududida Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan Velosportning BMX yo‘nalishi bo‘yicha qurilgan velotrassa majmuasi hisoblanadi.

Ukraina, Niderlandiya, Fransiya, Belorusiya va Xitoy davlatlaring malakali mutaxassislari bilan birgalikda qurilgan trassaning umumiy qiymati 19.4 milliard so‘mni tashkil qiladi. Ayni paytda trassa xalqora velosipedchilar uyushmasi mutaxassislari sinovidan o‘tkazilib, xalqaro musobaqalarni o‘tkazish uchun maxsus sertifikatga ega bo‘ldi.

Trassa ikkita 5 va 8 metrlik start chiziq balandliklaridan iborat bo‘lib, 5 metrligi havaskorlar, 8 metrligi esa nufuzli musobaqalarini o‘tkazish uchun mo‘ljalangan.

Mutaxassislar bu kabi  jahon  andozalari asosida bunyod etilgan velotrassa majmuasi nafaqat mamlakatimizda, balki Markaziy Osiyoda sanoqli ekanini faxr bilan qayd etmoqdalar.

Bugun Jizzax shahriga ko‘rkiga ko‘rk bag‘ishlab turgan bir qator ko‘p qavatli turar joy binolari ham jamiyat quruvchilari tomonidan bunyod etilgan.

Koreya texnologiyasi asosida bunyod etilgan 8 gektar maydondagi issiqxonada esa, bu yil ichki bozorga 1 milliard 400 million so‘mlik mahsulot chiqarilib, 100 mirg dollar qiymatdagi mahsulotlar eksportga yo‘naltirildi. 5 gektar yerdagi baliqchilik xo‘jaligida yiliga 20 tonna baliq yetishtirilmoqda.

- Menimcha, dunyoning birorta mamlakatidagi biznes vakillari va tadbirkorlar davlat rahbari bilan bunday muloqot maydoniga ega bo‘lmasa kerak. Bu ham bo‘lsa, bizning baxtimiz. Ko‘tarilgan har bir masala, aytilgan har bir fikr va mulohaza, taklif, berilayotgan yangi soliq imtiyozlari faqat va faqat tadbirkorlar manffaatiga qaratildi. Eng muhimi, Prezidentimizning biz tadbirkorlarga bo‘lgan e’tibori va samimiyati, ishonchi nafaqat meni, muloqotda ishtirok etgan barcha tadbirkorlarni yangidan-yangi ishlarga ilhomlantirdi, kuchimizga kuch, g‘ayratimizga g‘ayrat qo‘shdi, - deydi tadbirkor.

Ayni paytda Akmal Axmedov boshchiligidagi jamoa a’zolari  zamonaviy texnologiyalar asosida qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona bunyod etish taraddudida...

O‘zLiDeP  Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    108
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+