Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan doimiy muloqot tizimi joriy etiladi

13.09.2023, 17:27

Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan doimiy muloqot tizimi joriy etiladi

Inson qadrini ulug‘lash, xalqimizni rozi qilish, munosib turmush sharoiti bilan ta’minlash kabi ulkan maqsad va marralar ko‘zlangan “O’zbekiston – 2030” strategiyasi Prezidentimiz Farmoni bilan tasdiqlandi.

Mazkur strategiyani amalga oshirish va aniq ko‘rsatkichlarga erishish borasida beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 100 ta muhim maqsadni o‘z ichiga qamrab olgan.

“O’zbekiston – 2030” strategiyasining beshinchi yo‘nalishi bo‘lgan “xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish yo‘nalishi bo‘yicha ham qator maqsadlar, tashabbuslar o‘rin olgan.

Strategiyaning ushbu yo‘nalishida aks etgan xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqot tizimini joriy etish borasida belgilab berilgan vazifalar ham muhim ahamiyat egadir.

Xususan, Vatandoshlar tomonidan tashkil etilgan jamoat birlashmalari faoliyatini har tomonlama rag‘batlantirish va ularning sonini 300 taga yetkazish,  o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishidagi oliygohlarda xorijdagi vatandoshlar uchun 200 ta grant ajratish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Vatandoshlar ishtirokida tibbiyot, ta’lim va ilm-fan sohalarida 100 ta loyihani amalga oshirish, vatandoshlar jamoat birlashmalariga yetkazib beriladigan badiiy adabiyotlar sonini  100 mingtaga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizning partiyamiz ham bu borada o‘zining chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, unga ko‘ra xorijda mehnat qilayotgan va ta’lim olayotgan yosh vatandoshlarimiz bilan tizimli muloqotlarni tashkil etish va ularning muammolarini hal qilishga qaratilgan “Vatandoshga maslahat” aksiyasini amalga oshirishni ko‘zda tutgan.

Umuman olganda, “O’zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda parlament vakillari oldida ham ulkan mas’uliyat yuklaydi.

Dilbar Usmonova,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

  • Ko'rildi
    104
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+