“O’zbekiston – 2030” strategiyasi – yoshlar nigohida

14.09.2023, 16:44

“O’zbekiston – 2030” strategiyasi – yoshlar nigohida

Prezidentimizning farmoni bilan kelgusi ulkan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda dasturilamal bo‘lishi belgilangan «O’zbekiston–2030» strategiyasi tasdiqlandi va uni 2023 yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha qarori qabul qilindi.

Mazkur hujjatlarning qabul qilinishini keng jamoatchilik ayniqsa, yoshlar qatlami juda katta xushnudlik bilan qarshi oldi. Boisi, «O’zbekiston–2030» strategiyasi loyihasi muhokamasida yoshlarimiz tomonidan bildirilgan har bir fikr, taklif qunt bilan o‘rganildi.

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tashabbusi bilan yoshlarning siyosiy bilimlarini oshirish hamda «O’zbekiston–2030» strategiyasining mazmun-mohiyatini o‘rganishga qaratilgan uchrashuvlar Yunus Rajabiy nomidagi O’zbek milliy musiqa san’at institutida o‘tkazildi.

Uchrashuvda institut rahbariyati, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri, Yoshlar parlamenti Raisi o‘rinbosari Otabekxo‘ja Sobitov ishtirok etib, yig‘ilganlarga «O’zbekiston–2030» strategiyasining mazmun-mohiyati, erishiladigan natijalar, yutuqlar, mamlakatimizda so‘ngi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Xususan, Strategiyaning yoshlarga oid davlat siyosati va sport yo‘nalishlaridagi islohotlar bo‘yicha qator vazifalar ko‘zda tutilmoqda. Unga ko‘ra, yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga o‘qitish tizimini yaratish, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish, yoshlar o‘rtasida IT sohasini yanada ommalashtirish hamda sohada xizmatlar eksportini oshirish borasida ulkan maqsad va tashabbuslar ilgari surilyapti.

Tadbirda so‘z olganlar shu kabi islohotlarni alohida e’tirof etishdi, talaba yoshlar ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

  • Ko'rildi
    301
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+