Deputat nurafshonlik saylovchilar bilan uchrashdi

15.09.2023, 13:10

Deputat nurafshonlik saylovchilar bilan uchrashdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Viktor Pak Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida saylovchilar bilan uchrashib, yuzma-yuz muloqotda bo‘ldi.

Nurafshon shahridagi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazida “Oqila ayollar” harakati faollari hamda shahar hokimi yordamchilaridan iborat saylovchilar bilan qizg‘in o‘tgan muloqotda asosiy e’tibor mustaqillik yillarida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotida olib borilgan tizimli islohotlar hamda yangilangan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, qabul qilinayotgan yangi Qonunlar targ‘iboti, ularning fuqarolarimiz huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi dolzarb jihatlariga qaratildi.

Muloqotda opa-singillarimizning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash – ustuvor vazifalardan sirasiga kiritilganini ta’kidladi.

Jamiyatda yangi ma’naviy makon yaratish, mahallalarda oilalarni mustahkamlash, ma’rifatli jamiyatni qurishda ma’rifatli onalarning rolini keng targ‘ib qilish, ayollar, ayniqsa, yosh qizlarda oilaga va Vatanga sadoqat, fidoyilik, tashabbuskorlik tuyg‘ularini singdirish, yoshlar o‘rtasida oilaviy-huquqiy munosabatlar, xotin-qizlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish, ularga qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqchil tilda tushuntirishda “Oqila ayollar” harakati faollarining o‘z o‘rni borligini e’tirof etdi.

Bu borada ularning ezgulikka yo‘g‘rilgan kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar va kuch-quvvat tiladi.

Markazning katta yig‘inlar zalida Nurafshon shahar hokimining yordamchilari bilan uchrashgan deputat muloqot jarayonida bugun “hokim yordamchilari”ga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish hamda xalqimizni rozi qilish uchun moliyaviy dastaklar berilganini alohida qayd etdi.

Mamlakatni ortga qaytmas shiddatli taraqqiyot yo‘lidan og‘ishmay borishida hokim yordamchilarining o‘z munosib o‘rni borligi, bu esa, ular zimmasiga katta mas’uliyat yuklashini uqtirdi.

Aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan muammolarni bartaraf etishda har qanday yordam berishga tayyor ekanini bildirdi.

Bu borada hammani yagona – odamlarni rozi qilishdek ulug‘vor maqsad jipslashtirishi zarurligini bot-bot ta’kidladi.

 Hokim yordamchilari bilan kechgan o‘zaro qizg‘in muloqot so‘nggida deputat ularga xalqimizning farovon hayoti yo‘lida kamarbasta bo‘lishdek, oliyjanob ishlarida zafarlar tiladi.

Jahongir Ostonaqulov,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

Deputatlik guruhlari bilan ishlash va

 siyosiy ta’lim bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    111
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+