“O’zbekiston — 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati yoshlarga tushuntirilmoqda

15.09.2023, 13:12

“O’zbekiston — 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati yoshlarga tushuntirilmoqda

O'zLiDeP Namangan viloyati hamda shahar Kengashlari hamkorligida Namangan muxandislik qurilish institutining transport fakulteti o‘qituvchi va talabalari ishtirokida “O’zbekiston — 2030” strategiyasi: xalqimiz orzu-umidlari ro‘yobiga xizmat qiluvchi hayotiy hujjat va “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda partiya Namangan shahar Kengashi apparat rahbari Sohiba G’apparova hamda transport fakulteti dekani, professor Bahriddin Maxmudovlar so‘zga chiqib, mamlakatimizda keyingi yetti yilda amalga oshirilgan tub islohotlar, inson manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi erishilgan natijalarga e’tibor qaratdilar.

Davlatimiz rahbarining 11 sentabr kuni qabul qilingan “O’zbekiston - 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni va uni amalga oshirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar haqidagi qarorlari mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirildi. Xususan, strategiyada belgilab berilgan beshta ustuvor yo‘nalish, 100 ta maqsad va buni amalga oshirishda yoshlarning o‘rni masalasiga alohida e’tibor qaratdilar.

Talabalar ham so‘zga chiqib, strategiya O’zbekiston kelajagining mustahkam poydevori bo‘lishini, unda yoshlar alohida jonbozlik, fiydoyilik ko‘rsatishlari zarurligini  ta’kidladilar.

Davra suhbati bahs-munozaralarga boy tarzda kechdi. Eng faol, bilimdon, zukko yoshlardan 3 nafari “Yangi avlod kadrlari” zahirasiga olindi.

  • Ko'rildi
    122
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+