Talaba-yoshlar bilan o‘zaro hamkorlik

21.09.2023, 17:23

Talaba-yoshlar bilan o‘zaro hamkorlik

Ma’lumki, O'zLiDeP ning "Yangi avlod kadrlari" loyihasida uni amalga oshirish bo‘yicha alohida vazifalar belgilab berilgan bo‘lib, ana shunday vazifalardan biri mamlakatimizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan partiyaning uzviy xamkorligini yo‘lga qo‘yishdan iboratdir.

O'zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi tomonidan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida Guliston davlat universitetining bitiruvchi talabalari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda partiyaning viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi mudiri Elyor Jo‘rayev va Tashkiliy-partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan ishlash bo‘lim mudiri Komil Burxonovlar ishtirok etib, ushbu loyihaning maqsad-vazifalari, mazmun-mohiyati hamda ahamiyati haqida tushunchalar berib o‘tdilar.

  • Ko'rildi
    106
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+