Ayollar manfaatlari BMT sammiti muhokamasida

28.09.2023, 11:58

Ayollar manfaatlari BMT sammiti muhokamasida

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi umuminsoniy munozaralar minbaridan turib so‘zlagan nutqi, ayniqsa undagi delegatsiyalarning rahbarlariga qarata bildirgan o‘rinli fikr-mulohazalari orasida xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvida faol ishtirok etishi bugungi kunning dolzarb masalasiga aylanganligi ko‘pchilikning diqqatini o‘ziga tortdi.

Davlatimiz rahbarining ushbu nutqida O’zbekistonda gender tenglikka erishish maqsadida tizimli ishlar olib borilayotganligi, masalan, 2022 yilda oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan talabalarning 49 foizini qizlar tashkil etgani, ayollarning davlat boshqaruvidagi ulushi mamlakat tarixida birinchi marta 35 foizga yetgani, ayollar va voyaga yetmaganlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida alohida Qonun qabul qilinganligi tilga olinganini alohida ta’kidlash joiz. Nutqdagi va yana bir muhim jihat: O’zbekiston “BMT - xotin-qizlar tuzilmasi” bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor bo‘lib, Prezidentimiz o‘z chiqishida birgalikdagi tashabbus sifatida ayollarning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalarini muhokama qilish va tajriba almashish uchun 2024 yilda O’zbekistonda “Osiyo xotin-qizlari forumi”ni o‘tkazishning taklif etilganligini ham yurtimizning barcha ayollari qatori Buxoro viloyati tadbirkor xotin-qizlari ham mamnuniyat bilan kutib oldilar.

Darhaqiqat, ayol qaysi sohada yoki tarmoqda faoliyat olib bormasin, unga ko‘rsatilayotgan e’tibor, e’tirof va rag‘bat hech mubolag‘asiz o‘z kutilgan samarasini va hosilasini berishi aniq. Ayniqsa, O’zbekistondek Markaziy Osiyoda o‘z nufuzi va obro‘-e’tiboriga ega bo‘lgan mustaqil davlat rahbari tomonidan dunyodagi eng yuksak minbardan turib aytilgan so‘zlar zamirida insonga faqat bir marta beriladigan hayot degan bebaho ne’matning azaliy davomchilari hisoblangan ona, ayol degan buyuk zotning, tom ma’nodagi nozik xilqat egalarining ular qaysi yurtda yoki makonda umrguzaronlik qilishilaridan qat’iy nazar, ayollarning huquq-manfaatlari muhofazasi xalqaro miqyosdagi global ahamiyatga ega ekanligini davlatimiz rahbari yana bir marta va qat’iy tarzda ta’kidlab o‘tdi. Bu boradagi insonparvar tashabbuslarning esa dunyodagi barcha xayrixox davlatlar rahbarlari tomonidan iliq kutib olinrganligi sammit davomida yaqqol ko‘zga tashlandi.

Bir so‘z bilan aytganda Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasidagi nutqini o‘qib-o‘rganar ekanmiz, nafaqat bugun yoki ertani, balki olis kelajakni ham, dunyodagi barcha xalqlar taqdirini ham teran anglab yetayotgan va chuqur his etayotgan yurtboshimiz boshchiligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning inson manfaatlarini ko‘zlagan pirovard natijasiga o‘z hissamiz qo‘shilishi zarurligini takror va takror anglab yetamiz.  

Dilbar Ahmedova,

O’zbekiston “Tadbirkor ayol” Xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi

Buxoro viloyat bo‘limi rahbari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati

  • Ko'rildi
    139
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+