Peshko‘da bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

Peshko‘da bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

Mamlakatimiz aholisining 50 foizdan ziyodini tashkil etadigan xotin-qizlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ayol zotini e’zozlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, oila va jamiyat hayotidagi nufuzini oshirish, iste’dod va qobiliyatini ro‘yobga chiqarish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Hayot davomiyligining asosi bo‘lgan ayolni asrash – bu millatni, xalqni va ertangi kunni asrashdir. Bu borada O'zLiDeP Ayollar qanotining  oilalar muhitini sog‘lomlashtirish, onalik va bolalikni ijtimoiy muxofaza qilishga qaratilgan “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Yaqinda O'zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” va  “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi tashabbusi bilan  xalq deputatlari  viloyat Kengashi deputati Xalim Safarov hamda partiya Peshku tuman Kengashi hamkorligida hududning “Quchoq” MFYdagi 33- son oilaviy shifokorlik punktida “Millat salomatligi – yurt qudrati”  shiori ostida bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Tadbir davomida bo‘lib o‘tgan yuzma-yuz muloqot chog‘ida “Sog‘lom oila-mustahkam oila” partiyaviy loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan tibbiy ko‘riklardan ko‘zlangan maqsad jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ayollar o‘rtasida tibbiy madaniyatni yuksaltirish,  xotin-qizlarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish orqali ularda uchraydigan turli kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish, davolashdan iborat ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek O'zLiDeP Dasturida bu borada belgilab berilgan vazifalar, mamlakatimizda ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va maqeini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida batafsil fikr yuritildi.

 Tibbiy - ko‘rik davomida ushbu hududdagi “Temir”, “Ayollar” daftarida ro‘yxatiga kiritilgan 32 nafar xotin-qizlar, 13 nafar nogironligi bor oilalar, 26 nafar bolajonlar terapevt, lor, okulist boshqa xastaliklarni davolovchi malakali shifokorlar kabulida bo‘lib, UZI apparatidan o‘tkazildilar hamda mutaxassis vrachlarning tegishli maslahat hamda tavsiyalarni, tibbiy muolajalarni oldilar. Shuningdek ularga 9 turdagi dori-darmon vositalari ham tarqatildi. 

O’zLiDeP Ayollar qanotining “Sog‘lom oila –mustahkam oila” loyihasi doirasidagi istiqbolli tadbirlarning amaliy samarasi natijasida shu kuni ishtirokchilar partiyaning dasturiy maqsad va rejalari, ayniqsa ushbu siyosiy tuzilmaning aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish bilan bog‘liq ustuvor vazifalari bilan yaqindan tanishdilar. 

  • Ko'rildi
    69
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+