Prezidentimizning BMT yuksak minbaridan so‘zlagan nutqini yoshlarimiz o‘rganmoqda

29.09.2023, 12:12

Prezidentimizning BMT yuksak minbaridan so‘zlagan nutqini yoshlarimiz o‘rganmoqda

O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi tomonidan O’zbekiston davlat Jahon tillari universtitetida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida talaba-yoshlar ishtirokida tadbir tashkil etildi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Akshagul Tulegenova so‘zga chiqib “O’zbekiston – 2030” strategiyasi va O’zbekiston Prezidenti Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiya uchrashuvidagi nutqi mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirib berdi. 

Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 78 sessiyasida so‘zlagan nutqida yoshlar masalasiga alohida to‘xtalgani, jumladan, BMT huzurida Markaziy Osiyo yoshlarini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish taklifini ilgari surgani millionlab yoshlarni to‘lqinlantirib, faollikka chorladi. Ushbu tarixiy nutqda “Markaziy Osiyo yoshlarining kun tartibi — 2030” dasturini ishlab chiqish maqsadga muvofiqligi aytildiki, bu kelgusida ham yoshlar masalasiga bo‘lgan e’tibor yanada oshishidan dalolat beradi.

Shubhasiz, Markaziy Osiyo yoshlarini rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruhning tashkil etilishi BMTning asosiy e’tiborini yoshlar masalasiga qaratish bilan birga, ayni masala yuzasidan birgalikda harakat qilish, hamkorlikni kuchaytirish va ezgu g‘oyalar yo‘lida birlashishga imkon beradi.

Tadbir doirasida “Yangi avlod kadrlari” loyihasining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

- Davlatimiz tomonidan yoshlarimizga juda katta e’tibor qaratilib keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Har bir millatning, mamlakatning ertasi, kelajak taqdiri yosh avlodning qo‘lida ekanligi sir emas. Shu sababli, yoshlarning siyosiy ijtimoiy faolligi davlat ahamiyatiga molik masalalardandir. Shukurki, mamlakatimizda so‘ngi yillarda yoshlar siyosatiga e’tibor sezilarli darajada kuchaydi, - deydi O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar bilan ishlash va biznes tuzulmalari bo‘limi mudiri Dilnoza Tadjiyeva.

Tadbir davomida siyosiy jarayonlarga qiziqishi baland bo‘lgan 10 nafardan ortiq yoshlar istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi.

  • Ko'rildi
    215
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+