Sinovlar ortda qoldi

12.10.2023, 11:37

Sinovlar ortda qoldi

Nasib etsa, kelasi oy O’zLiDeP safiga kirganimga yigirma yil to‘ladi. Kechagidek esimda, dastlab bu harakat tashkil etilishidan avval tashkiliy guruhga a’zo bo‘ldik. Kechayu kunduz qattiq ishladik. Nihoyat, partiya tuzilgach, mening nomzodimni viloyat kengashiga rahbarlikka tavsiya etishdi. Ochig‘ini aytishim kerak, butunlay yangi siyosiy kuchni shakllantirish, a’zolarni to‘plash oson kechgani yo‘q. Dastlabki yillari sharoit, mablag‘ yo‘q, og‘ir paytlar edi. Hali u, hali bu yoqqa ko‘chib, joylarda yig‘ilishlarimizni o‘tkazib, ancha qiyinchiliklarni boshdan kechirdik. Bilasiz, partiyaning kuchi a’zolari soniga bog‘liq. Ammo hali tadbirkor va fermerlarning siyosiy onggi unchalik yetarli emasdi o‘shanda. Shu bois fidoyi insonlarni yonimizga olib, soha vakillariga siyosiy tushunchalarni berib, a’zolar sonini ko‘paytirish uchun qattiq ishlashga to‘g‘ri kelgan

Ko‘pchilik biladi, mustaqillikning ilk yillarida tadbirkorlik qilaman, biznesimni yuritaman, degan yurtdoshlarimiz jiddiy to‘siqlarga duch kelardi. Ishbilarmon, fermer yoki xususiy mulk egalarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash mushkul edi. Xuddi shunday davrda O‘zLiDeP siyosiy maydonga dadil kirib keldi va aytish mumkinki, juda qisqa muddatda keng jamoatchilik hamda saylovchilar ishonchini qozonib, mamlakatdagi yetakchi siyosiy kuchga aylandi. Hozir viloyatda 1 050 dan ortiq BPT ishlab turibdi, 80 mingdan ziyod a’zolarimiz bor. Bular biz uchun katta kuch, tayanch vazifasini bajaryapti.

O’tgan yillar orasida o‘zim guvoh bo‘lgan voqealar, o‘zgarishlar xuddi kino lentasidek ko‘z oldimda bir-bir aylanadi. Aytish mumkinki, yigirma yil ichida bu partiya bosqichma-bosqich shakllandi, o‘z elektorati vakillari manfaatini, haq-huquqlarini munosib himoya qila oladigan kuchga aylandi. Tasavvur qiling, 20 yil kichik muddat emas. Ayniqsa, inson umriga qiyoslaganda eng navqiron, g‘ayrat va shijoatga to‘lgan damlar bu.

Men shunday shukuhli, unutilmas sana arafasida ko‘p yillardan beri bizning yonimizda bir tanu bir jon bo‘lib xizmat qilayotgan fidoyi safdoshlarimiz nomini faxr bilan tilga olaman. Ahmadillo Teshaboyev, Abduhoshim Haydarov, Farhod Turg‘unboyev (Olloh rahmat qilsin), Habibullo ĕrmatov, Abbos Ahmedov, Alisher ƀafurov, Ofarin Abdurahmonov, Avazbek Teshaboyev... Bu ro‘yxatni uzoq davom ettirishim mumkin. Ular umrini, bor kuch-g‘ayratini shu siyo siy kuchga, uning oyoqqa turib, qudrati yuksalishiga bag‘ishladi.

Fursatdan foydalanib, har doim barcha tadbirlarimiz hamda katta siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etib kelayotgan Farg‘ona davlat universitetining bir guruh professor o‘qituvchilari, yetuk mutaxassislar, iqtisodchilar, siyosatchilarga minnatdorlik izhor etaman.

O’ylaymanki, partiyamiz bundan keyin ham yanada jipslashadi, o‘zining jarangdor nomi, nufuzi bilan el o‘rtasida obro‘-e’tibor qozonaveradi.

Rahmatullo KAMOLOV,

O’zLiDeP Farg‘ona viloyat kengashi raisi

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    154
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+