Hududlarda jamoatchilik nazorati tadbirlari davom etmoqda

01.11.2023, 17:50

Hududlarda jamoatchilik nazorati tadbirlari davom etmoqda

Nurafshon shahrida jamoatchilik nazorati tadbirlarini tashkillashtirgan ishchi-guruh faoliyati bo‘yicha jamoatchilik eshituvi tashkil qilindi.

 Unda O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi, Xalq deputatlari hududiy va mahalliy Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhlari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi, Toshkent viloyati “Avtomobil yo‘llari hududiy boshqarmasi”, “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Toshkent suv ta’minoti” MChJ, viloyat “Issiqlik Manbai”  IChB, “Hudud gaz Toshkent” gaz ta’minoti filiali, Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mutasaddilaridan iborat ishchi guruhi vakillari ishtirok etishdi.

Eshituvda Toshkent viloyatida Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2023-2024 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashni ta’minlash yo‘nalishida qilingan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, viloyatda faoliyat ko‘rsatuvchi kommunal soha korxonalari rahbarlarining 2023-2024 yillardagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalasidagi hisobotlari va hududda olib borilgan jamoatchilik nazorati tadbirlarining o‘rganish natijalari tinglandi.

Jamoatchilik eshituvida ta’kidlanishicha, ishchi guruhi vakillari viloyatdagi iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2023-2024 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashni ta’minlash yo‘nalishida mukammal va joriy ta’mirlash dasturlarining ijrosi, ularga olib boruvchi yo‘l infratuzilmasining holati, sanitariya-gigiyenik holati, toza ichimlik suvi, elektr hamda issiqlik energiyasi bilan ta’minlanganlik darajasini diqqat bilan o‘rganishgan.

Xususan, viloyatning Angren, Chirchiq va Olmaliq shaharlari, Bo‘ka, Bekobod, Chinoz tumanlaridagi ijtimoiy soha ob’ektlari, ko‘p kvartirali uy-joylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari ko‘zdan kechirilgan. Jumladan, viloyatdagi 61ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 43 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 26 ta tibbiyot muassasalari, 37 ta mahalla fuqaroloar yig‘inlari, 3 ta oliy ta’lim muassasasi, 4 ta korxona va tashkilotlardagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari atroflicha o‘rganib chiqilgan.

Ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joylardagi o‘rganishlar mobaynida ko‘zga tashlangan ko‘mir va o‘tin zaxirasini saqlashda zarur bo‘ladigan maxsus saqlov xonalarini tashkil etish, umumiy foydalanishdagi hojatxonalar ta’mirida ko‘maklashish, yoqilg‘i zaxirasining uzluksizligini ta’minlash, xususan, suyultirilgan gaz va ko‘mir yetkazib berishda amaliy ko‘mak berish singari vazifalar belgilab olingan.

Shuningdek, viloyatda faoliyat yurituvchi kommunal soha korxonalarining texnik jihozlari, asbob-uskunalarining bu yilgi qishki mavsumga nechog‘lik soz holatda ekanini tekshirgan ishchi guruh mazkur tashkilot rahbar va mutasaddilarini qishga tayyorgarlik borasida qiynab turgan muammolari ham yaqindan o‘rganilgan.

Aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz, ko‘mir yetkazib berish holati ham ishchi guruh vakillari e’tiboridan chetda qolmagan.

Ayrim ta’lim muassasalarida qozonxona ta’miri uchun tumangaz idorasi bilan shartnoma tuzilgan bo‘lsa, yana boshqasida qozonxonani butunlay almashtirish lozimligi ko‘zga tashlangan.

Yig‘ilish yakunida ishchi guruh a’zolari ijtimoiy ob’ekt toifasiga kiruvchi Markaziy shifoxona va ta’lim maskanlarida barqaror energiya ta’minotini yanada yaxshilash, muammolarni o‘z vaqtida samarali bartaraf etish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish masalasidagi vazifalarni o‘zaro taqsimlab olishdi.

Fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan hududlarda o‘tkazilayotgan jamoatchilik nazorati tadbirlari davom etmoqda.

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    119
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+