Tuman mutasaddi rahbarlari o‘tgan yilgi anomal sovuqdan tegishli saboq chiqarishgan
02.11.2023, 17:11
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Feruza Nigmatova va partiya faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari G’allaorol tumanidagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonini o‘rganmoqdalar.
Ayni paytda tumanda 91 ta umumta’lim maktablari faoliyat olib bormoqda. Ularda tahsil olayotgan 33216 nafar o‘quvchiga 3330 nafar pedagoglar ta’lim-tarbiya bermoqdalar. Tumanda faoliyat olib borayotgan 16 ta davlat, 10 ta davlat xususiy sheriklik shaklidagi nodavlat, 240 ta davlat xususiy sheriklik shaklidagi oilaviy nodavlat bog‘chalarga jami 12248 nafar kichkintoylar qamrab olingan.
O’rganishlar jaryonida ishchi guruh a’zolari, mazkur ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bilan bog‘liq barcha jihatlarga e’tibor qaratmoqdalar.
Umuman olganda tuman maorifchilari o‘tgan yilgi anomal sovuqlar chog‘idagi achchiq tajribadan tegishli saboq chiqarishgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Mavjud juz’iy kamchiliklar esa, hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda shu joyning o‘zida bartaraf etilmoqda.
Shuningdek, xalq noibi va partiya faollari soha vakillari, iqtidorli o‘quvchilar bilan bilan yaqindan muloqotda bo‘lib, ularning fikr mulohazalri va takliflarini ham umumlashtirmoqdalar.
Jamshid Mamarasulov,
O’zLiDeP G’allaorol tuman Kengashi apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Davlat dasturidan kelib chiqadigan partiya va fraksiya oldidagi vazifalar muhokama qilindi
26.02.2024, 21:34
-
Deputat maktab kutubxonasiga 100 dan ortiq badiiy asarlar va adabiyotlar tuhfa qildi
14.02.2024, 17:25
-
Muhim va ustuvor vazifalar belgilab olindi
31.01.2024, 17:53
-
“Ayollar daftari” bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmi yaratiladi
30.01.2024, 12:29
-
Deputat jarqo‘rg‘onlik tadbirkorlar muammosini o‘rgandi
30.01.2024, 10:11
Fikringizni qoldiring