Ishchi guruh tashabbusi: Eng chekka mahalla xotin-qizlari uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi
07.11.2023, 17:25
O’zLiDeP Izboskan tuman Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi tomonidan “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rikka tumandagi Qashqarlik, Ittifoq va Mirzo Ulug‘bek MFY xotin-qizlari jalb etildilar.
Mazkur tadbirda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish orqali ularni sog‘lomlashtirish kabi maqsadlar ko‘zda tutildi.
Tibbiy ko‘rikda malakali va tajribali shifokorlar tomonidan kam ta’minlangan xotin-qizlar, o‘smir qizlar va kasb-hunar maktablari o‘quvchi qizlaridan iborat 76 nafar ishtirokchining salomatligi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, chekka hududda yashayotgan aholi salomatligini nazoratdan o‘tkazish, ularning salomatligini mustahkamlash, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishdan iborat. Qolaversa, fuqarolarning tibbiy madaniyatini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi qoidalarini keng targ‘ib etishdir.
Terapevt, kardiolog, lor, pediatr, akusher-ginekolog kabi mutaxassislar o‘z yo‘nalishlarida xotin-qizlarga zarur tavsiya va maslahatlar berdilar.
O'xshash yangiliklar
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
-
Jondorlik deputatlar va mahalla faollari bilan muloqot qilindi
04.05.2024, 18:01
Fikringizni qoldiring