Zarbdordagi tibbiyot muassasalari kuz-qish mavsumiga tayyormi?

08.11.2023, 17:05

Zarbdordagi tibbiyot muassasalari kuz-qish mavsumiga tayyormi?

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi qoshida tuzilgan deputatlar, partiya faxriylari va faollardan iborat ishchi guruh a’zolari, hamkor tashkilot vakillari, tumandagi mas’ul tashkilot vakillari bilan birgalikda joylardagi ijtimoiy soha ob’ektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonini o‘rganmoqdalar.

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashida faoliyat olib borayotgan 11 nafar O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari boshchiligidagi ishchi guruh tumandagi mavjud tibbiyot muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonini o‘rganib chiqdilar.

- O’tgan yilgi anomal sovuqlar chog‘ida tibbiyot maskanlarining qish mavsumiga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rmagani sabab, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishda talay qiyinchilik va muammolar kelib chiqqan edi, - deydi faol deputatlarimizdan biri Murtaz Gaipov. – Shu sabab, mazkur masala yil davomida deputatlarimiz nazoratida bo‘ldi. Bir necha bor soha mas’ullari axboroti eshitildi. Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasiga masala kiritildi. Ayni paytda deputatlarimiz tibbiyot muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rganish jarayonida sohadagi tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida kuzatilayotgan kamchilik va muammolarni ham deputatlik nazoratiga olishgan...

Bugungi kunda tuman tibbiyot birlashmasi 92588 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. 1340 o‘rinli statsionar xizmati, 400 qatnovga mo‘ljallangan ko‘p tarmoqli poliklinika, har biri 100 qatnovga mo‘ljallangan – “Bo‘ston” shaharchasi hududida joylashgan 28-sonli oilaviy poliklinika va “Sharq Yulduzi” MFY da joylashgan 14-sonli oilaviy poliklinika va har biri 50 qatnovga mo‘ljallangan Istiqbol, Nurafshon, Taraqqiyot, Toshkesgan, Oqar mahallalari hududida joylashgan OShP aholi xizmatida.

O’rganishlar davomida aniqlangan  juz’iy kamchiliklar mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida shu yerning o‘zida bartaraf etilmoqda.  Sa’y-harakat talab qilinadigan muammolarni bartaraf etishning aniq vaqti va mas’ullari belgilanmoqda. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, har bir kamchilik va muammo bartaraf etilishi ishchi guruh  a’zolari tomonidan kundalik nazoratga olingan.

Berdiyor Sultonov,

O'zLiDeP Zarbdor tuman Kengashi apparat rahbari

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    94
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+