O’zLiDeP faoli “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 17 nafar yoshni ishli qildi

08.11.2023, 17:09

O’zLiDeP faoli “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 17 nafar yoshni ishli qildi

O’zLiDeP Uychi tuman Kengashi tomonidan "Nematjon Afzal mebellari" xususiy korxonasida “Yosh muaffaqiyatli” loyihasi doirasida tadbirkorlar bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.

Xususiy korxona rahbari Akbarjon Dadaxonovning ta’kidlashicha, mebel mahsulotlari ishlab chiqariladigan ushbu korxona o‘z faoliyatini 2006 yilda boshlagan. 2018 yilda besh yuz million so‘m miqdorida imtiyozli kredit olish evaziga ishlab chiqarish hajmini yanada ko‘paytirgan.  Mebellar sifatli va xaridorgirligi tufayli buyurtmalar salmog‘i oshdi, tushum ko‘paydi, kredit qarzini ham o‘z vaqtida yopishga erishildi, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratildi. Natijada mahallalarda “Yoshlar daftari”ga kirgan  o‘n yetti nafar yoshlar ish bilan ta’minlandi. Jamoada "ustoz- shogird" an’anasi ham davom ettirilmoqda.

Korxona rahbarining bu so‘zlarini ishchilar, xodimlar ham ma’qulladilar. Ayniqsa, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlayotgan, turli loyihalar orqali xotin-qizlarni, yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etayotgan partiyaga o‘z minnatdorlikliklarini bildirdilar.

Tadbir yakunida esa jamoa yetakchisi A.Dadaxonov hamda 13 nafar ishchi xodimlar partiya a’zolari safiga qo‘shilish istagini bildirdi.

  • Ko'rildi
    106
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+