Talaba yoshlar parlament faoliyati bilan tanishdilar

10.11.2023, 15:55

Talaba yoshlar parlament faoliyati bilan tanishdilar

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosida O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan “Parlamentda yoshlar o‘rni” loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Loyiha doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talaba-yoshlar ishtirokida O’zLiDePning g‘oyaviy maqsadlari, yoshlarni huquqiy bilimlarini yanada oshirish va ularning intellektual salohiyatining o‘sishga ko‘maklashishga qaratildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Yoshlar komissiyasi a’zosi, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sardor G’iyosov O’zLiDePning saylovoldi platformasida belgilangan vazifalar hayotga tatbiq qilinayotganligi, partiya tizimida istiqbolli yosh kadrlar zahirasi shakllanayotgani, parlamentda muhokama qilinayotgan qonun loyihalarida yoshlarning ham faol ishtirok etishi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Yoshlar komissiyasi raisi M.Valiyev tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyati, qonun va norma ijodkorligi jarayonlarida yoshlar o‘rni haqida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, talaba-yoshlari tomonidan bugungi kunda siyosiy partiyalarning o‘rni va mohiyati, Parlamentdagi islohotlar yuzasidan fikrlar tinglandi.

Talaba-yoshlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining binosi, muzey va kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

 

  • Ko'rildi
    167
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+