O’zLiDePning yoshlar parlamenti a’zolari Energetika vazirligida bo‘ldi

13.11.2023, 16:55

O’zLiDePning yoshlar parlamenti a’zolari  Energetika vazirligida bo‘ldi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolarining vazirlik va idoralarga amaliyot o‘tashligi joriy qilingan bo‘lib, ular tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Ayni maqsadda, Energetika vazirligi hamda vazirlikka biriktirilgan Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda Energetika vaziri maslahatchisi S.Qurbonov so‘zga chiqib, vazirlik tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasidagi yangiliklar, “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan ishtirokchilarni yaqindan tanishtirdi.

Shundan so‘ng, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti Raisi o‘rinbosari, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i O.Sobitov vazirlikka biriktirilgan Yoshlar parlamenti a’zolarining asosiy ustuvor vazifalari to‘g‘risida ma’ruza qilib, vazirlik tomonidan yoshlarga oid amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori darajada e’tirof etdi. Vazirlik tomonidan yo‘lga qo‘yilgan eng namunali tajribalarni boshqa vazirlik va idoralarda ham qo‘llash imkoniyati mavjudligini hamda bu borada Yoshlar parlamenti yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

  • Ko'rildi
    107
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+