Faol yoshlar tanlab olindi

23.11.2023, 18:50

Faol yoshlar tanlab olindi

O'zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan Namangan muhandislik-qurilish institutida "Yangi avlod kadrlari" loyihasi doirasida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muloqotni oliygohning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Odiljon Jakbarov boshlab berdi.

Partiya viloyat Kengashi bo‘lim mudirlari E.Jo‘rayev, B.Isoqova ma’naviyat targ‘ibotchisi Komiljon Fayziyev, institut o‘qituvchisi, Davlatobod tuman Kengashi deputati Anvarjon Isomiddinovlarning mavzu yuzasidan ma’ruzalari yoshlarga manzur bo‘ldi.

O’zLiDeP Namangan viloyati Kengashi bo‘lmi mudiri E.Jo‘rayev partiya tashkil topganligining 20 yilligi, o‘tgan davr mobaynida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga, mahalliy kengashlarga o‘tkazilgan saylovlarda erishilgan natijalar, elektorat manfaatlariga oid qonun va qarorlar qabulqilinishida deputatlarning ishtiroki, yosh kadrlar zahirasining shakllantirilishi va buning ahamiyati haqida tushuncha berdi.

O’z navbatida talabalar ham o‘qish-izlanishlari, erishayotgan yutuqlari haqidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, partiya faoliyatiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar ham olishdi. Tadbir yakunida bilimdon, tashkilotchi, fidoyi yoshlardan bir nechtasini yangi avlod kadrlari zahirasiga olishga qaror qilindi.

  • Ko'rildi
    92
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+