Yangi tahrirdagi Konstitutsiya mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbir o‘tkazildi

01.12.2023, 15:21

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbir o‘tkazildi

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tashabbusi bilan “Bizning Konstitutsiyamiz” loyihasi doirasida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati bag‘ishlangan uchrashuv Toshkent davlat yuridik universitetida tashkil qilindi.

Loyiha doirasidagi uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,  O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi rahbariyati va Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda Oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik berilishi, tanlov asosida davlat hisobidan bepul oliy ma’lumot olinishi, nodavlat ta’lim tashkilotlari qo‘llab-quvvatlanishi to‘g‘risidagi qoidalar yosh avlod hayotini yaxshilash, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy mutaxassisliklarni egallagan holda hayotda o‘z o‘rnini topishi va shaxsiy rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi.  Oxirgi olti yilda oliygohlar soni 77 tadan 210 taga, ularga qabul esa, 5 baravarga ortib, talabalar soni 1 millionga, oliy ta’lim qamrovi – 9 foizdan 38 foizga oshdi. Davlat grantlari soni ham 2 baravar ko‘payib, 40 mingtaga yetdi, shundan, magistratura uchun – 5 baravar ko‘paydi.

Uchrashuv so‘ngida yoshlarga yangi Konstitutsiya tashviqotini joylarda yuqori saviyada tashkil etishga chorlab qolishdi.

  • Ko'rildi
    138
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+