Oliy o‘quv yurtlarining eng faol, tashabbuskor talaba qizlari bilan muloqot qilindi
19.12.2023, 16:17
O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan "Bugungi kun ertangi kun uchun imkoniyat" shiori ostida qizlar forumi tashkil etildi. Unda viloyatdagi oliy o‘quv yurtlarining eng faol, tashabbuskor talabalari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘z olganlar viloyatda xotin-qizlarning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at, shuningdek, tadbirkorlik sohasida o‘rni va mavqei tobora oshib borayotganligini ta’kidlashdi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari xotin-qizlarning oiladagi va jamiyatdagi nufuzini oshirishga alohida e’tibor qaratayotganliklari, ayniqsa, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, mahalliy kengashlarga deputatlikkka nomzodlar ko‘rsatishda ular uchun ajratiladigan kvotalar miqdori yanada oshirilayotganligi, oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirgan kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan qizlarga kontrakt pullarini to‘lashda homiylik yordami ko‘rsatilayotganligi, magistraturada o‘qiydigan qizlarning esa kontrakt pullari to‘liq davlat budjeti hisobidan qoplab berilayotganligi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘layotgan fidoyi qizlar faoliyati haqida so‘z yuritdilar.
-Biz yoshlar, bugungi forumdan katta taassurot oldik,- deydi Namangan muhandislik-qurilish instituti talabasi, “Yoshlar qanoti” a’zosi Shohida G’ulomjonova. - “Yangi O’zbekiston, yangi hayot uchun” shiori ostida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni ro‘yobga chiqarishda, xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirishda bor bilim va salohiyatimizni ishga solamiz, millatimizning buyuk momolari To‘maris, Nodirabegim, Uvaysiy, Zulfiyaxonimlar kabi vatanparavar, mard va jasur bo‘lishga, ular boshlagan ezgu ishlarni davom ettirishga so‘z beramiz.
Forum yakunida O’zLiDeP tadbirlarida, uning maqsadli dastur va g‘oyalarini targ‘ib etishda faol ishtirok ettgan, fidoyi yoshlardan bir guruhi diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
O'xshash yangiliklar
-
Dehqonchilik qilmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun nimalar o‘zgardi?
07.05.2024, 16:47
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
Fikringizni qoldiring