Xivadagi ehtiyojmand oilalar uchun bayram dasturxoni yozildi

27.12.2023, 17:05

Xivadagi ehtiyojmand oilalar uchun bayram dasturxoni yozildi

Xiva shahridagi "Qiyot" mahallasida yangi yil munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda ishtirok etgan mahalla faollari,   “Ayollar daftari” va “Temir daftari”da turgan mahalla fuqarolari uchun  bayram dasturxoni yozildi. Dasturxon atrofiga yig‘ilganlar samimiy tilaklar, tinch kunlarga shukronalik, sog‘lik-salomatlik, ezgu tilaklar bildirishdi.

Tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlash maqsadida mahallada joylashgan 16-sonli maktabning 1-sinf o‘quvchilari o‘zlarining betakror raqsalari, kuy-qo‘shiqlari bilan barchani mamnun qildi.

Shuningdek, mahallaning sportchi yoshlarining erishgan yutuqlari e’tirof etilib, Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashining O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari tomonidan sportning kurash turi bo‘yicha Respublikamizda faxrli 1-o‘rinni, Qozog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan baxslarda 3-o‘rinni egallagan Hamidbek Otanazarovga partiyaning estalik sovg‘alari topshirildi.  Mahalladagi e’tiyojmand oila farzandlariga ham yangi yil sovg‘alari ulashildi.

  • Ko'rildi
    85
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+