Yangi O’zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!
12.01.2024, 15:21
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil qilinganiga 32 yilligi hamda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan “Yangi O’zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir! mavzusida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida talaba yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar mamlakatimiz barqarorligi va xavfsizligini, sarhadlarimiz daxlsizligini xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishda, Ona vatanimizning tinchligi, xalqimizning farovon turmush kechirishida milliy armiyamizning to‘tgan o‘rni katta ekanligini qayd etdi.
Mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik bardavom bo‘lsa, sarhadlarimiz daxlsizligi ta’minlansagina barcha jabhalarda o‘sish, rivojlanish bo‘ladi, buyuk orzu-maqsadlarimiz ro‘yobga chiqadi. Shu ma’noda yurtimiz posbonlarining mas’uliyatli xizmatini har qancha e’tirof etsak, sharaflasak arziydi.
Uchrashuv davomida mudofaa tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlar, yangiliklar haqida talaba yoshlar bilan fikr almashib, bayram munosabati bilan veteran harbiylarimizga partiya tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
-
Jondorlik deputatlar va mahalla faollari bilan muloqot qilindi
04.05.2024, 18:01
Fikringizni qoldiring