Xizmat ko‘rsatish salmog‘i ortmoqda

17.01.2024, 16:31

Xizmat ko‘rsatish salmog‘i ortmoqda

“MEBEL CITY” mebel ishlab chiqarish korxonasi 2015 yildan beri faoliyat yuritib keladi. Korxona xodimlari dastlab eshik ishlab chiqarish bilan o‘z ish faoliyatlarini boshlagan edilar. Hozirgi kunda 30 nafardan ziyod tajribali ustalar vohamizdagi tuman, shaharlardan va qo‘shni viloyatlardan kelib, shartnoma asosida ishlayotgan 100 nafar mebelchi ustalarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishdan tashqari, Avstriya, Xitoy va Rossiya davlatlaridan keltirilgan mebel mahsulotlarini sotish va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadilar. Korxona hududi 2 gektar maydondan iborat bo‘lib, u yerda joylashgan ofis, shourum, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sexlarida 36 nafar ishchi-xodim mehnat qilib kelishmoqda.

Mohir ustalardan Jasur Shamsiddinov, Ahror Zokirjonov, Murodjon Muhammadiyev, sex nazoratchisi Arzu Seydemetova va chet ellik hamkasblar bilan hamkorlik qiladigan marketing bo‘limi boshlig‘i Saddam Mahmudov va muhandis To‘lqin G’afurovlar o‘z burchlarini sharaf bilan bajarmoqdalar.

— Prezidentimizning biz tadbirkorlarga alohida e’tibor berayotganidan mamnunmiz, — deydi O’zLiDeP Sayhunobod tumani Kengashi raisi, “MEBEL CITY” mebel ishlab chiqarish korxonasi rahbari Oybek Niyozov. — Yangi yilning “Yoshlar va  biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nomlangani ham bejiz emas. Kelgusida xorijlik hamkorlar bilan faoliyatimizni davom ettirib, xizmat turlari va ish o‘rinlarini oshiramiz.

Yaqinda “MEBEL CITY” mebel ishlab chiqarish korxonasi qoshida “Yechim” mebeli aksessuarlar do‘konining ochilish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda O’zLiDeP Sirdaryo va Sayxunobod tumanlari kengashi xodimlari, deputatlar, tadbirkorlar, “Madaniyat” BPT a’zolari, yoshlar va OAV vakillari ishtirok etishdi. Do‘konda asosan Turkiya davlatidan keltirilgan mahsulotlar savdosi yo‘lga qo‘yilgan. Shu kungacha Toshkent shahrida, Namangan, Andijon va Sirdaryo viloyatlarida do‘konning o‘z filiallari ochilgan bo‘lib, 2024 yilning ilk oylarida Toshkent shahri, Farg‘ona viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangi filiallarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Tadbir davomida ishtirokchilar bilan bir qancha qiziqarli o‘yinlar tashkil etildi va g‘oliblarga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

  • Ko'rildi
    81
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+