Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida qilingan murojaatlar nazoratga olindi

21.09.2023, 17:22

Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida qilingan murojaatlar nazoratga olindi

O'zLiDeP Toyloq tuman Kengashi tomonidan “Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti” forumi loyihasi doirasida uchrashuv  tashkil etildi.

Unda tumandagi O'zLiDeP deputatlik guruhi azolari, hamkor tashkilotlar vakillari, “Qo‘shchinor” gazetasi muharriri, tuman hokimligi axborot xizmati, tuman savdo sanoat palatasi rahbari, elektr tarmoqlari, suvoqova, gazlashtirish idorasi, majburiy ijro bo‘limi rahbari, tadbirkorlar, yoshlar va xotin - qizlar  ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiynayotgan ko‘plab muammoli masalalar yuzasidan to‘g‘ridan - to‘g‘ri deputatlarga va hamkor tashkilot vakillariga murojaat qilish imkoniga ega bo‘lishdi.

Uchrashuvda masalalarni joyida hal etilishi uchun tumandagi tashkilot rahbarlarining ishtiroki ta’minlandi hamda ko‘tarilgan masalalarni joyida ijobiy hal qilish va muammolarni hududiga qarab deputatlarga biriktirib berildi.

Shundan so‘ng aholi vakillari va o‘z tadbirkorligini boshlash istagidagi fuqarolarning 15 dan ortiq murojaatlari qabul qilindi. Murojaatlarning aksariyati joyida o‘z yechimini topdi. Xususan, aholiga va tadbirkorlarga uzluksiz elektr ta’minoti bilan ta’minlash borasidagi murojaatga Toyloq tuman elektr korxonasi rahbari amaliy yordam beradigan bo‘ldi.

Mazkur murojaatlarning aksariyat qismi joyida yechim topilishiga alohida e’tibor qaratildi va nazoratga olindi. Ba’zi muammoli masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqariladigan bo‘ldi.

Uchrashuvda Toyloq tuman hokimi B.Bobonazarov ham ishtirok etdi.

Akmal Mirzoyev,

O'zLiDeP Toyloq tuman Kengashi apparat rahbari

  • Ko'rildi
    141
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+