Tadbirkorlar muvaffaqiyatga erishish sirlari bilan o‘rtoqlashdi

22.09.2023, 15:22

Tadbirkorlar muvaffaqiyatga erishish sirlari bilan o‘rtoqlashdi

Boyovut tumanida tadbirkorlar bilan ishlash, sohaga qiziquvchi yoshlarning qiziqishlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida o‘z mehnati, irodasi bilan katta yutuqlarga erishayotgan tadbirkorlarlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda tajribali tadbirkorlar, O’zLiDeP faollari Barchinoy Usmonova, Dilnoza Usmonova, Boxodir Kenjayev va boshqa muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida 10 yillik tajribaga ega tadbirkor Dilnoza Usmonova Xitoy texnologiyalari asosida gidroponika uslubida poliz mahsulotlarini yetishtirish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu turdagi issiqxonada yetishtirilgan 60-70 tonnagacha bo‘lgan mahsulotlar har yili Rossiya, Qozog‘iston davlatlariga eksport qilinayotganligini aytib o‘tdi.

Guliston shahridagi "Agro youth" ishlab chiqarish kooperativi direktori, “Do‘stlik” ordeni sohibasi Barchinoy Usmonova ham ishtirokchilarga o‘z tajribalari, mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish va muvaffaqiyatga erishishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi yuzasidan tavsiyalar, buning uchun davlat tomonidan berilayotgan ko‘plab imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Uchrashuvda ishtirok etgan tajribali tadbirkorlar muvaffaqiyatga erishish sirlari, o‘zining hayot yo‘lida erishgan natijalari hamda ungacha bo‘lgan ayrim qiyinchiliklar haqida so‘zlab berdi. Uchrashuvda tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, tadbirkorlardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

  • Ko'rildi
    166
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+