Deputatlar tadbirkorlarning takliflarini o‘rgandi

29.09.2023, 15:47

Deputatlar tadbirkorlarning takliflarini o‘rgandi

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi deputatlari hududda faoliyat yuritib kelayotgan bir qator ishlab chiqarish korxonalarda bo‘lib, sanoat va eksport salohiyatini yanada rivojlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan gaz va elektr ta’minotiga bo‘lgan ehtiyoj, kredit resurslarining taqdim etilishi va xorijiy mijozlarni topish bilan bog‘liq mahalliy muammolarini aniqlab, ularni ijobiy hal etish masalasida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hayrli ishlarni amalga oshirib kelishmoqda.

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi vakillari hamda viloyat Kengashi  deputati Pokiza Axmadjonova Xovos tumanida joylashgan qariyib 500 nafarga yaqin ishchi mehnat qilayotgan “TEKSTILE FASHION” MChJga tashrif buyurdilar. Xozirgi kunda asosan ayollar va bolalar kiyimlarini ishlab chiqarayotgan korxona o‘z mahsulotlarini Rossiya va qo‘shni davlatlarga eksport qilib kelmoqda. 

Uchrashuvda viloyat Kengashi deputati Pokiza Axmadjonova “O’zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, undan ko‘zlangan maqsad va ushbu muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatda ko‘rsatilgan reja va vazifalar haqida to‘xtaldi. Shuningdek, ishchilar bilan muloqot chog‘ida mazkur korxonaning yanada rivojlanishi yo‘lidagi taklif va mulohazalarni ijobiy hal etish masalasida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshiriladigan bo‘ldi.

Shuningdek, uchrashuvda viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi mudiri Elyor Jo‘rayev va viloyat Kengashi yollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish bo‘limi mudiri Nasiba Rustamovalar so‘zga chiqib, partiyaning o‘tgan qisqa 20 yillik  faoliyati davomidagi samarali faoliyatiga to‘xtalishdi, kelgusida a’zolar sonini ko‘paytirish bo‘yicha o‘z fiklarini bildirdi.

Ha, deputatlar bilan yo‘lga qo‘yilgan bunday muloqotlar nafaqat turli  muammolarni o‘z vaqtida hal etilishi va partiyamiz g‘oyalarini keng targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

  • Ko'rildi
    132
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+