Marhamatda ishsizlar soni 7 mingga yaqin. Bu borada mutasaddi rahbarlar qanday choralar ko‘rmoqda?

30.01.2024, 10:10

Marhamatda ishsizlar soni 7 mingga yaqin. Bu borada mutasaddi rahbarlar qanday choralar ko‘rmoqda?

Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi eshituvida tuman kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘limi rahbari O.Arslanov aholi bandligini ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, Marhamat tumanida 2023 yil holatiga mehnat resurslari soni 96170 nafar,  mehnatga layoqatli aholi soni 78 492 nafar, shundan band aholi soni 71 516 nafar,  ishsizlar soni 6976 nafarni tashkil etadi. Bo‘limga 2023 yil davomida 2115 nafar fuqaro murojaat qilgan bo‘lib, shundan 1324 nafari ayollar, 803 nafari yoshlarni tashkil qilganligini, murojaat qilgan fuqarolardan doimiy ishga joylashganlar 727 nafar, shundan 415 nafari xotin-qizlar, 290  nafari yoshlarni tashkil etgan.    

Ishga joylashning imkoni bo‘lmaganlar  ijtimoiy himoyaga olinib, ularning 84 nafarini ishsiz deb e’tirof etilgan. Shundan 23 nafari ayollarni, 42 nafari yoshlarni tashkil qilgan. Ishsiz deb e’tirof etilgan fuqarolardan 39 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlangan.  45 nafari esa, stipendiya asosida kasbga va qayta tayyorlash kurslariga yuborilgan. 265 nafari kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash  kursiga yuborilgan, shundan 137 nafari ayollar, 128 nafari yoshlarni tashkil etadi. Ulardan 148 nafari Andijon “Ishga marhamat" monomarkaziga yuborilgan, 50 nafari  Andijon arxitektura va qurilish texnikumiga stipendiya  asosida o‘qishga yuborilgan. Ulardan 7 nafarini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil qiladi.

Shuningdek, tumanda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan, xorijiy mamlakatlardan qaytgan fuqarolar bandligini ta’minlash,  jamiyatga moslashuvi, o‘zini-o‘zi band qilishi va yakka tartibda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi, hamkor tashkilotlar tomonidan huquqiy yordamlar ko‘rsatilib, maslahatlar berildi.

Tadbir yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va ko‘tarilgan masalalar deputatlik guruhi tomonidan nazoratga olindi.

  • Ko'rildi
    59
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+