Davlat dasturi loyihasi tibbiyot xodimlari ishtirokida muhokama qilindi
02.02.2024, 17:35
"O’zbekiston - 2030" strategiyasining birinchi ustuvor yo‘nalishida aholi salomatligini mustahkamlash, yurak-qon tomir, endokrinologik, yuqumli kmsalliklarning oldini olish, onalar va bolalar o‘limini kamaytirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha vazifalar belgilangan.
Namanganda bu sohada ham qator ishlar olib borilmoqda. Yangi-yangi shifo maskanlari foydalanishga topshirilmoqda.
Spiker o‘rinbosari Aktam Xaitov Namangan shahrining Davlatobod tumanida joylashgan «Andrologiya-N Tibbiyot Markazi» faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda mehnat qilayotgan shifokorlar, hamshiralar va bemorlar bilan suhbatlashdi.
Ularga mamlakatimizda inson manfaatlari yo‘lida olib borilayotgan islohotlar, xususan, sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘zgarishlar haqida so‘zlab berdi.
Xususan, “O’zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgani, dastur loyihasiga sog‘liqni saqlash yo‘nalishida ham qator vazifalar ko‘zda tutilgan bo‘lib, loyihaga tibbiyot xodimlari ham o‘z takliflarini berish imkoniyati borligi, bu jarayonda yanada faol bo‘lish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.
Mazkur tibbiyot maskani xodimlari ham dastur loyihasiga o‘z takliflarini bildirib o‘tdilar.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, partiya vakillari, mahalliy kengash deputatlari, faollardan tarkib topgan ishchi guruhlar joylarda strategiyada belgilangan vazifalar ijrosi doirasida jamoatchilik nazorati tadbirlarini olib borishmoqda. Xususan, sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, tibbiyot maskanlari, oilaviy poliklinikalar faoliyati o‘rganilyapti, eng chekka hududlarda bepul tibbiy ko‘riklar tashkil qilinyapti.
O'xshash yangiliklar
-
Dehqonchilik qilmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun nimalar o‘zgardi?
07.05.2024, 16:47
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
Fikringizni qoldiring