Davlat dasturi loyihasida sog‘liqni saqlash yo‘nalishida ham qator vazifalar ko‘zda tutilgan

09.02.2024, 16:36

Davlat dasturi loyihasida sog‘liqni saqlash yo‘nalishida ham qator vazifalar ko‘zda tutilgan

O'zLiDeP Samarqand viloyat hamda shahar Kengashi tomonidan Samarqand davlat Tibbiyot universitetida “O’zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni loyihasi  muhokamasiga bag‘ishlangan  uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda universitetdagi partiya a’zolari,  professor o‘qituvchilar, talabalar  va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, davlat dastur loyihasiga sog‘liqni saqlash yo‘nalishida ham qator vazifalar ko‘zda tutilgan bo‘lib, loyihaga tibbiyot xodimlari ham o‘z takliflarini berish imkoniyati borligi,  bu jarayonda yanada faol bo‘lish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 5 fevral kuni ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha ham to‘xtalib o‘tildi.

O’zbekistonda ijtimoiy davlat qurish strategik maqsad etib belgilanib, aholi turmushi uchun munosib sharoitlar yaratish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilyotgani va ta’lim va tibbiyotda xususiy sektorga keng imkoniyatlar berilayotgani aytib o‘tildi.

Qiziqarli savol javoblarga boy bo‘lgan mazkur tadbirda, professorlar va talaba yoshlardan davlat dasturiga takliflar berildi.

Nasiba Mo‘minova,
O`zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    62
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+