200 nafar yoshlarni ish bilan taʼminlagan korxona faoliyati bilan tanishildi

13.02.2024, 09:07

200 nafar yoshlarni ish bilan taʼminlagan korxona faoliyati bilan tanishildi

 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov Xorazm viloyatida uchrashuvlari davomida Xonqa tumanidagi “Naturella” brendi ostida sut va sut mahsulotlari, un mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yosh tadbirkor Shohruh Qalandarov faoliyati bilan tanishishdi. Ko‘p tarmoqli korxonada 200 nafardan ortiq yoshlar ish bilan taʼminlangan.

Mazkur korxona o‘zining sifatli mahsulotlari bilan o‘z xaridorlariga ega. Italiya texnalogiyasi asosida kuniga 10 tonnagacha sutni qayta ishlab, 28 turdagi sut mahsulotlarini xalqimiz dasturxoniga, tumandagi maktabgacha taʼlim muassasalariga yetkazib bermoqda.

Bugungi kunda sutni qayta ishlash korxonasining o‘zida 40 nafar yoshlar va xotin qizlarning bandligi taʼminlangan. 

Kelgusida tadbirkor faoliyatini yana-da kengaytirib, mahsulotlarini xorijga eksport qilish va qo‘shimcha tarmoqlarni ishga tushirish orqali 250 nafar ish o‘rni yaratishni maqsad qilgan.

Yosh tadbirkor Sh.Qalandarov ish faoliyatini yana-da kengaytirib toza qadoqlangan suv mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Natijada qo‘shimcha 12 nafar yoshlar ish bilan taʼminlandi. Tadbirkor tomonidan mazkur suv mahsulotlari maktablarga ham yetkazib berilmoqda.

Uchrashuvda davlatimiz rahbari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, aholi, ayniqsa, xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan sayʼ-harakatlardan asosiy maqsad ekanligi qayd etib o‘tildi.

  • Ko'rildi
    62
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+