Yangi BPT ish boshladi

16.02.2024, 17:24

Yangi BPT ish boshladi

“Samarqand GESlari kaskadi” unitar korxonasida O'zLiDeP Samarqand viloyat, shahar Kengashi mas’ullari, deputatlar va partiya Faxriylar Kengashi a’zolari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olgan O'zLiDeP Samarqand shahar Kengashi apparat rahbari, shahar Kengashi deputati Fazliddin G’aybullayev o‘tgan qisqa fursat ichida energetika sohasida qator islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Xususan, “O’zbekiston – 2030” strategiyasining 65-maqsadida Nasos stansiyalaridagi eskirgan 1 069 ta nasos va 1 079 ta elektrodvigatellarni energiya tejamkorlariga almashtirish, Energiya tejamkor qurilmalar o‘rnatish, nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish, ularning yillik elektr energiyasi iste’molini 30 foizga kamaytirish, elektr energiyasi va boshqa resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish hisobidan nasos stansiyalarini muqobil energiyaga o‘tkazish rejalari haqida aytib o‘tdi.

Uchrashuv jarayonida partiyaga qiziqish bildirgan 15 nafar rahbar va  korxona ishchilariga partiya a’zolik guvohnomalari topshirildi, korxona qoshida O‘zLiDePning yangi boshlang‘ich tashkiloti ochildi.

Nasiba Mo‘minova,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi  bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    56
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+