Bulung‘urlik mutasaddilar hisobot berdi

19.02.2024, 16:56

Bulung‘urlik mutasaddilar hisobot berdi

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining majlisida tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va “O’ztelekom” AK Samarqand filiali Bulung‘ur tumani telekommunikatsiya bog‘lanmasi boshlig‘ining axboroti tinglandi.

Ma’ruzada qayd etilishicha, bugungi kunda tumanda Qishloq xo‘jaligida foydalanaladigan yerlar jami 36 809 gektar shundan 15 755 gektar ochiq maydon, 12 476 gektar lalmi maydon, 2278 gektar tokzor, 5191 gektar bog‘lar, 888,0 gektar tutzorlar, 221 gektar terakzorlar, 17 140 gektar yaylovlarni tashkil etadi.

Tuman fermer va dehkon xo‘jaliklari tomonidan asosiy maydonlarda jami 371 705 tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlari ichki bozor va yarmarkalarga shartnoma asosida sotilgan.

Shuningdek, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishda, tomorqadan yiliga 2-3 marta hosil olish, bir mahalla-bir mahsulot tamoyili, o‘z o‘zini band qilish borasida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

2023 yil hududlarda 898 ta salohiyatli fermer xo‘jaliklari o‘zlarining hududida yashovchi, tomorqasidan samarasiz foydalanayotgan, kam ta’minlangan 7 ming 823 nafar (626 gektar) fuqarolarga hamda fermer xo‘jaliklari ishchilariga biriktirilgan.

O’zbekiston fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi jamg‘armasi tomonidan Bulung‘ur tumaniga jami 4 mlrd 850 mln so‘m ajratilib, ixcham issiqxonalar, “dala do‘konlari” qurish, artezian quduqlarini qazish, kichik intensiv bog‘dorchilik, limonchilik va uzumchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilik uchun 1 mlrd 389 mln so‘m ajratildi. 2023 yilda tumanda 909 ta xonadonda 13.6 gektar maydonga ixcham issiqxonalar tashkil etilgan.

Shuningdek, yig‘ilishda tumanda internet tarmoqlarini ulash va yaxshilash borasidagi ishlar ham tahlil qilindi. Xususan, 2024 yilda tumanda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida yil yakuniga qadar 427 km optik tolali aloqa liniyalarini qurish va yangi ish boshlagan maktab va maktabgacha ta’lim filiallariga yuqori tezlikdagi internet xizmatlari bilan ta’minlash  ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi ikkita masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va ko‘tarilgan masala va muammolar bo‘yicha OʻzLiDeP tuman deputatlik guruhi a’zolarining fikr-mulohazalari va takliflari ko‘rib chiqildi va deputatlik guruhi tomonidan nazoratga olindi.

Nodir To‘rayev,
OʻzLiDeP Samarqand viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri.

  • Ko'rildi
    49
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+