Tomorqa – daromad manbai
20.02.2024, 14:21
O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi va partiya Zomin tuman Kengashi tomonidan “Tomorqa – daromad manbai” deb nomlangan o‘quv seminari tashkil etildi.
Mahalliy Kengash deputatlari , partiya tuman Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi faollari, hamkor tashkilot vakillari hamda tomorqachilikni daromad manbaiga aylantirish ishtiyoqidagi yoshlar, xotin-qizlar ishtirok etishdi. Tadbirga tajribali sohibkor, “Xavastlik tomorqa xizmati” MChJ rahbari Muzaffar Bo‘riyev ham taklif qilindi.
Seminarda ta’kidlanganidek, bugungi kunda tomorqachilikka bo‘lgan munosabat ham, undagi ish usullari ham keskin o‘zgarib bormoqda. Tomorqa - bir paytlardagidek, “og‘izga ta’m kiritish” uchungina ko‘katu sabzavotlar ekiladigan bir kaft yer maydoni emas, balki tom ma’noda daromad olish mumkin bo‘lgan sohaga aylanib ulgurdi.
Buni Zomin tumani misolida ham ko‘rsa bo‘ladi. Ayni paytda tumanda 25334 nafar tomorqachilar mavjud bo‘lib, ular ixtiyorida jami 2910 gektar yer maydoni mavjud. Xonadonlarda 223 ta issiqxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Zamonaviy agrotexnika usullari asosida mutaxassislar bilan maslahatlashib ish olib borayotgan va mo‘maygina daromad qilib, oilasi farovonligiga munosib hissa qo‘shayotgan zominlik tomorqachilar safi kundan kunga ko‘payib bormoqda.
O’quv seminari davomida barcha hududlarda tomorqachilikni yanada rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni partiyaviy vositalar va hamkorlar yordamida bartaraf etish, yangi issiqxonalar qurish, serdaromad ekin turlarini ekish, ularni sotishga bog‘liq ko‘plab dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Mutaxasssislar va tajribali tomorqachi Muzaffar Bo‘riyev tomorqachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yayotgan xotin-qizlar va yoshlarga o‘zlarining kerakli yo‘l-yo‘riq va tavsiyalarini berishdi.
Saida Umaraliyeva,
O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
“Ayollar qanoti” guruhi rahbari
O'xshash yangiliklar
-
“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining mahalla bosqichlari yangi-yangi nomlarni kashf etayotir
01.05.2024, 09:34
-
Deputat bilan uchrashuv: mahalla yettiligi qanday ishlayapti?
01.05.2024, 09:32
-
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson sog‘lig‘i bilan bog‘liq normalar yana-da ko‘payib, takomillashtirildi
30.04.2024, 16:15
-
Qashqadaryoda “O‘zLiDeP bog‘i” yaratildi
30.04.2024, 15:47
-
Deputat Oqdaryo bilan Pastdarg‘om tumanini bog‘lab turuvchi yangi ko‘prik qurilishida tashabbus ko‘rsatdi
28.04.2024, 12:38
Fikringizni qoldiring