Tajribali tadbirkor yoshlarga motivatsiya berdi

24.02.2024, 12:26

Tajribali tadbirkor yoshlarga motivatsiya berdi

Qo‘qon universitetida O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi tomonidan “Yosh muvaffaqiyatli tadbirkor” loyihasi doirasida talaba yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Yoshlarni tadbirkorlik ko‘nikmalari bilan yaqindan tanishtirib borish maqsadida tashkil etilgan tadbirda yosh muvaffaqiyatga erishgan tadbirkor «Sadaf Sut SMONS» korxonasi rahbari Sayyidqosim Qoraboyev, xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari va yoshlar ishtirok etdi.

– Kuni kecha “O’zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni imzolandi, – dedi O’zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘lim mudiri Abdurahmon Toirov. – Unda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator maqsad-vazifalar o‘z aksini topgan. Yosh muvaffaqiyatga erishgan tadbirkor tajribasini yoshlar orasida ommalashtirish maqsadida «Yosh muvaffaqiyatli tadbirkor» loyihasi faoliyatini yo‘lga qo‘ydik. Bundan maqsad yangi tadbirkorlik sinflarini shakllantirish, tadbirkorlikka qiziqayotgan va tadbirkorlikka kirib kelayotgan yoshlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, amalda o‘z tajribasiga ega bo‘lgan biznes vakillariga huquqiy ko‘mak berishdan iborat. Shuningdek, yurtimizda tadbirkorlarga taqdim etilayotgan erkinliklar, imkoniyat va imtiyozlar haqida yoshlarni xabardor qilish maqsad qilingan.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan tadbirkor Qoraboyev Sayyidqosim o‘z faoliyatiga to‘xtalib o‘tib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berdi.

  • Ko'rildi
    51
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+