Quyi bo‘g‘in yoshlar bandligini ta’minlashda faollik ko‘rsatdi

24.02.2024, 13:20

Quyi bo‘g‘in yoshlar bandligini ta’minlashda faollik ko‘rsatdi

Yangihayot tumani hududidagi Toshkent metallurgiya zavodida tashkil etilgan O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotining navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Boshlang‘ich partiya tashkiloti tomonidan o‘tgan 2023 yilda amalga oshirilgan ishlari sarhisob qilindi. Ushbu tashkilot yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, tadbirkorlarni muammoli masalalariga yechim topish, yoshlar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning muammolarini o‘rganib hal etish, ularni bandligini ta’minlash, yolg‘iz yashovchi nuroniy otaxon va onaxonlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, partiya a’zolarini ko‘paytirishda faollik ko‘rsatdi.

Shuningdek, Boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi va o‘rinbosari qayta saylandi. Boshlang‘ich partiya tashkilotining 2024 yil uchun ish rejasi tasdiqlandi va 2024 yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda BPTning 2024 yildagi ustuvor vazifalari belgilanib olindi.

  • Ko'rildi
    42
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+