Andijon yoshlar texnoparkida uchrashuv o‘tkazildi
14.03.2024, 17:57
O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan Andijon shahridagi Yoshlar texnoparkida uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbirda partiya faollari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi yoshlar parlamenti a’zolari, yosh innovatorlar, mahalliy Kengash deputatlari, tadbirkor va fermerlar ishtirok etdi.
Tadbirda O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi Xurshida Xalilova “O’zbekiston 2030” strategiyasida belgilangan yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish yuzasidan ishchi guruhlari va partiya tomonidan qilinayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi. Bugungi kunda yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ularning innovatsion g‘oya, ixtiro va dasturiy ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
Uchrashuvda partiya faoli, Yoshlar texnoparki rahbari Shoxrux G’ulomov zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan mazkur markazda yosh innovatorlarga kelajak kasblari haqida tushintirishlar berdi va ularga o‘zlari yaratgan innovatsiya mahsulotlari, robototexnika hamda elektronika sohalaridagi ishlari bilan tanishtirdilar.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga yetarli javoblarni oldilar.
Bu kabi tadbirlar axborot texnologiyalari tobora rivojlanib borayotgan davrda yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari, startap va innovatsion g‘oyalar asosida loyihalar ishlab chiqayotgan, zamonaviy bilimlarga ega yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidori hamda salohiyatini to‘g‘ri yo‘naltirishga xizmat qiladi.
O'xshash yangiliklar
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
Fikringizni qoldiring