O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

28.03.2024, 17:17

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Samarqand viloyat Kengashi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhining joriy faoliyati hamda navbatdagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda deputatlarning faolligini oshirish, davlat va jamiyat ahamiyatidagi dasturlar ijrosiga yana-da masʼuliyat bilan yondashish muhim vazifa ekanligi alohida qayd etildi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar, olib borilayotgan jadal islohotlarning natijalari hamda ularning bosh maqsadi inson hayoti, huquq va erkinliklari, qadr-qimmati, ehtiyoj va manfaatlariga qaratilganligi taʼkidlandi.

Kelgusi 7 yilda mamlakatimizning asosiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va uni 2024 yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati imkoniyatlaridan samarali foydalanish to‘g‘risida fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi.

Qayd etilganidek, Xalq deputatlari Samarqand viloyat, tuman, shahar kengashlaridagi O‘zLiDeP deputatlik guruhlari aʼzolari tomonidan 2023 yilda 1793 ta deputatlik so‘rovi chiqarilgan. Shundan, 382 tasi viloyat deputatlari tomonidan yuborilgan bo‘lsa, 1411 tasi tuman (shahar) Kengashidagi deputatlar tomonidan yuborilgan. 197 marotoba eshituvlar tashkil qilingan. Shundan 15 tasi viloyat deputatlik guruhida, 182 tasi tuman (shahar) deputatlik guruhlari tomonidan amalga oshirilgan. Shuningdek, Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlari sessiyalari kun tartibiga 49 ta taklif kiritilib, Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarining 44 ta qarori qabul qilinishiga erishilgan.

Hisobot davrida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tomonidan tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan taʼsirchan deputatlik va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish va “Tadbirkorlik subyektlariga soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan yana-da qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish bo‘yicha 262 ta jamoatchilik nazorati tadbirlari tashkil etilgan.

Yig‘ilish davomida ayrim tuman, shahar Kengashlari faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan sustkashlik tanqidiy baholandi.

 Qizg‘in bahs-munozaralarga boy o‘tgan yig‘ilishda partiyaning dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, partiya boshlang‘ich tashkilotlari, partiya deputatlari faoliyati tahlil qilinib, ish samaradorligini oshirish yuzasidan  tavsiyalar, ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilishda shuningdek, tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi. 2022 yildan hozirgi vaqtgacha O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Karimov Zafar Nurulloyevich o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilib, O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Botirov Ilxom Bekmuradovichga Kengash raisi vazifasini bajarish yuklatildi.

Yig‘ilishda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Baxtiyor Yakubov ham ishtirok etdi.

Majlis nihoyasida O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashining navbatdagi vazifalari bo‘yicha  qaror qabul qilindi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    58
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+