Deputat Milliy gvardiya xodimlari va talaba yoshlar bilan muloqotda bo‘ldi

30.03.2024, 16:03

Deputat Milliy gvardiya xodimlari va talaba yoshlar bilan muloqotda bo‘ldi

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi hamda Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda uchrashuv tashkil etildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sardorbek Gʻiyosov ham ishtirok etdi.
Tadbirni Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Abdijan Abdivaliyev ochib berdi.
Deputat S. Gʻiyosov Milliy gvardiya xodimlari asosan yoshlardan iborat bo‘lganligi uchun ishtirokchilarga «Yoshlarga oid davlat siyosati» to‘g‘risida hamda Qonunchilik palatasida yoshlar masalalari yuzasidan ko‘rib chiqilayotgan qonun loyihalari va amaliy ishlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuvda Prezidentimizning Namanganga tashriflari chog‘ida belgilab berilgan ustivor vazifalar, xususan, viloyatning imkoniyatlarini ishga solish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha ham ma’lumot berildi. Yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan qonunchilikka oid savollariga atroflicha javob oldilar.
Shuningdek, deputat Sardorbek Gʻiyosov Namangan muhandislik qurilish institutining energetika va mehnat muhofazasi fakuьteti talabalari bilan ham uchrashdi.
Muloqot davomida yoshlarga bilim olishlari, hunar egallashlari, hayotda o‘zlarining munosib o‘rinlarini topishlari uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlarga to‘xtaldi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

  • Ko'rildi
    45
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+