Tajribali tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv yoshlarning sohaga bo‘lgan qiziqishini yana-da kuchaytirdi

31.03.2024, 10:16

Tajribali tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv yoshlarning sohaga bo‘lgan qiziqishini yana-da kuchaytirdi

Buxoro davlat universiteti bitiruvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida tadbirkorlikni keng ommalashtirish va biznes bilan shug‘ullanishga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida "Yoshlar biznesini qo‘llab-quvvatlash" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatini BuxDU rektori, O‘zLiDeP viloyat Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Obidjon Xamidov kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kunda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular bandligini taʼminlash va tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish uchun yurtimizda yaratib berilgan imkoniyatlar va imtiyozlar, shuningdek, “O‘zbekiston-2030” strategiyasida ham bu borada ko‘rsatib o‘tilgan ustuvor vazifalar xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Tadbirda muvaffaqiyatga erishgan ilg‘or tadbirkorlik subyektlari vakillari, O‘zLiDeP faollari, "Zamin madad tayyorlov savdo" MCHJ taʼsischisi va rahbari Mamlakat Sodiqova hamda “Anor Travel” turistik kompaniyasi asoschisi va rahbari Feruza Rahmonovalar ishtirok etib, o‘zlarining ish tajribalari, erishgan yutuqlari va bosib o‘tgan hayot yo‘llari, tadbirkorlikni boshlagan dastlabki paytlarda duch kelgan qiyinchiliklari, mavjud muammolar va ularning yechimini izlab topish borasida sayʼ- harakatlarga zoye ketmagani, bugungi kunda kelib barcha intilish va aniq maqsadlari o‘z kutilgan amaliy natijasini berayotganini tilga olib o‘tdilar. Biror bir muvaffaqiyatga tinimsiz izlanish,  kuchli bilim yoki boy tajribasiz erishib bo‘lmasligini taʼkidladilar. Yoshlarga sohaga oid bir qator maʼlumot va tavsiyalar berdilar.

Tajribali tadbirkor ayollar bilan o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlar talaba-yoshlarning sohaga bo‘lgan qiziqishlarini yana-da kuchaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

  • Ko'rildi
    35
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+