Jizzaxlik talaba yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

02.04.2024, 17:06

Jizzaxlik talaba yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

O’zLiDeP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti tashabbusi bilan Jizzax Politexnika institutida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida talaba yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.  

Ta’kidlab o‘tish lozimki, bugungi kunda 10400 nafardan oshiq talabalar tahsil olayotgan mazkur institut – nafaqat viloyatdagi, balki respublikamizdagi ko‘zga ko‘ringan oliy ta’lim dargohlaridan biri hisoblanadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Feruza Nigmatova, xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputati Farhod Odilov, “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sohibi Niginaxon Xojiboqiyeva, partiya faollari, institut professor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlar ishtirok etgan mazkur tadbirda, dastlab siyosiy kuch bosib o‘tgan shonli yo‘l, bugungi kunda deputatlar va faollar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.

So‘ngra deputatlar va tadbir ishtirokchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda talaba yoshlarning yurtimizdagi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarga naqadar qiziqishlari baland ekanligi yaqqol ko‘zga tashlandi.

Tadbir so‘ngida partiya safiga kirish va siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etish istagini bildirgan talabalar ro‘yxati shakllantirildi.

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

 

  • Ko'rildi
    33
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+